Maxfiylik siyosati
Ushbu Maxfiylik siyosati (keyingi o‘rinlarda — Siyosat) «Delim Food» brendi ostidagi butun tizimga (rasmiy sayt, mobil ilova, Telegram-bot va call-markaz, keyingi o‘rinlarda — Tizim) tatbiq etiladi hamda foydalanuvchi tomonidan Tizimdan foydalanish jarayonida «DELIM FOOD BUSINESS» MCHJ (keyingi o‘rinlarda — Kompaniya) olishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni qayta ishlash va himoya qilish tartibini belgilaydi.
Tizimdan foydalanish — foydalanuvchining ushbu Siyosatga va unda ko‘rsatilgan ma’lumotlarni qayta ishlash shartlariga so‘zsiz roziligi hisoblanadi. Agar foydalanuvchi Siyosat shartlariga rozi bo‘lmasa, Tizimdan foydalanishdan voz kechishi kerak.
Tizim Delim Food mijozlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ular orqali:
-
menyuni va mavjud taomlar haqidagi ma’lumotlarni ko‘rish;
-
taomlarni tanlash va buyurtma berish;
-
buyurtmalar holatini va yetkazib berishni kuzatish;
-
qo‘llab-quvvatlash xizmati yoki kuryer bilan bog‘lanish;
-
buyurtmalar tarixini saqlash;
-
buyurtmalar bo‘yicha xabarnomalar olish mumkin.
1. Yig‘iladigan ma’lumotlar tarkibi
1.1. Ro‘yxatdan o‘tishda yoki avtorizatsiyada beriladigan ma’lumotlar
Foydalanuvchi ixtiyoriy ravishda quyidagi ma’lumotlarni taqdim etadi: F.I.Sh., telefon raqami, yetkazib berish manzili, email, tug‘ilgan sana va zarurat bo‘lsa boshqa ma’lumotlar.
1.2. Geolokatsiya ma’lumotlari
Agar ruxsat berilsa — GPS yoki tarmoq orqali foydalanuvchining joylashuvi aniqlanadi, bu esa tezkor yetkazib berish va yaqin filiallarni ko‘rsatish uchun ishlatiladi.
1.3. Qurilma texnik ma’lumotlari
OS versiyasi, telefon modeli va boshqa texnik ma’lumotlar — diagnostika va barqaror ishlashni ta’minlash uchun.
1.4. IP-manzil
Xavfsizlikni ta’minlash, hududiy cheklovlar va firibgarlikdan himoya qilish uchun.
1.5. Buyurtmalar tarixi
Qayta buyurtma berish, foydalanuvchi didini tahlil qilish, bonus va chegirmalarni hisoblash uchun.
2. Ma’lumotlarni qayta ishlash, saqlash va o‘chirish
2.1. Qayta ishlash
Kompaniya faqat Tizim ishlashi va xizmatlar ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni qayta ishlaydi.
2.2. Himoya
Kompaniya ma’lumotlarning sizib chiqishini yoki ruxsatsiz foydalanilishini oldini olish uchun texnik va tashkiliy choralarni qo‘llaydi.
2.3. Saqlash
Ma’lumotlar foydalanuvchi profilini o‘chirguniga qadar yoki uning talabiga binoan saqlanadi.
2.4. O‘chirish
Foydalanuvchi o‘z profilini o‘chira oladi. Shundan so‘ng barcha ma’lumotlar butunlay o‘chiriladi yoki shaxsga bog‘liq bo‘lmagan shaklga keltiriladi.